1

Sergey Lavrov: Afg`onistonda tinchlik o`rnatilishi tarafdorimiz

Siyosat 27.03.2018, 17:05
Sergey Lavrov: Afg`onistonda tinchlik o`rnatilishi tarafdorimiz

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov konferensiya yuzasidan fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

STU_6380.JPG

O`zbekiston Prezidentining mintaqada barqarorlikni ta`minlashga doir tashabbusi Afg`onistondagi vaziyatni tinch muzokaralar yo`li bilan hal qilishda muhim qadam bo`ladi. Bu g`oyani Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham qo`llab-quvvatladi. Konferensiyada Afg`onistonga qo`shni barcha davlatlar vakillari qatnashdi. Chunki bu muammoni ularning ishtirokisiz bartaraf etib bo`lmaydi. Ayni paytda konferensiyada Evropa va fors ko`rfazi davlatlari vakillari ham ishtirok etgani diqqatga sazavordir. Biz Afg`onistonda tinchlik o`rnatish, uning iqtisodiyotini qayta tiklash yo`lidagi har qanday sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi Afg`oniston hukumati va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o`rtasida oldindan hech qanday shart qo`ymasdan, to`g`ridan-to`g`ri muloqot olib borishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo`ldi. Buni bugun Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani ham alohida ta`kidladi. Konferensiya bu borada aniq amaliy qadamlar tashlash imkonini yaratdi.

Bu tashabbusni amalga oshirish uchun konferensiya doirasini kengaytirish maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz. Afg`onistonda tinch va osoyishta hayot xukm surishi, ushbu mamlakat terrorchilik, narkotrafik va boshqa xatarlardan holi bo`lishi barchamizning milliy manfaatlarimizga javob beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1