1

Abdullaziz Komilov: Afg`onistondagi murakkab vaziyatga echim topish bo`yicha oz bo`lsa-da umid bor

Siyosat 27.03.2018, 17:58
Abdullaziz Komilov: Afg`onistondagi murakkab vaziyatga echim topish bo`yicha oz bo`lsa-da umid bor

Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferensiyasi bo`yicha yakuniy xulosa bo`yicha jurnalistlar bilan o`rtoqlashgan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Komilov Afg`onistondagi murkkab vaziyatga echim topish bo`yicha oz bo`lsa-da umid borligini ma`lum qildi, deb yozadi O`zbekiston Milliy axborot agentligi.

Deyarli qirq yildan beri tinmayotgan afg`on urushida aslida g`olib ham, mag`lub ham yo`q. Ya`ni bu maqsadsiz urushga nuqta qo`yilmas emas afg`on muammosi barham topmaydi.

Toshkent konferensiyasiga ko`plab davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan vakillar kelib, afg`on muammosi bo`yicha o`z taklif va mulohazalarini bildiribgina qolmay, Afg`onistonda tinch hayot tiklanishi va uning barqaror rivojlanishi uchun barcha zarur yordam ko`rsatishga tayyor ekanliklarini ma`lum qildi.

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o`tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida Afg`oniston bo`yicha Toshkent deklarasiyasi imzolandi.

Konferensiya afg`on muammosi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri muloqot qilish maydonini yaratdi va bu boradagi davomli jarayonni boshlab berdi.

Endilikda afg`on xalqi ham ushbu maqsad yo`lida birlashishi zarur. Mamlakat hukumati va muxolifat qaerda, qachon uchrashishi, muzokaraga kirishishini o`zi hal qilishi kerak. Ushbu masalada tashqi kuchlar ularga xalaqit bermasligi zarur.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev konferensiyada qilgan ma`ruzasida ham bu masalaga to`xtalib, ”O`zbekiston Qabul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afg`oniston hukumati bilan “Tolibon” harakatining “oldidan shart qo`ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” asosida to`g`rida-to`g`ri muzokaralar o`tkazishni boshlash haqidagi qarorini qo`llab-quvvatlaydi”, deb alohida qayd etdi.

O`zbekiston Afg`oniston bilan hamkorlik aloqalarini izchil davom ettiradi. Madaniy, ta`lim va iqtisodiy sohalarda afg`on xalqiga yordam beradi. Afg`on yoshlarini o`qitish bo`yicha maxsus jamg`arma tuziladi. Umuman aytganda, asosiy maqsadimiz Afg`onistonda tinchlik ta`minlanishiga, afg`on xalqi farovonligiga erishishdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1