1

Vladimir Putin kuzda O`zbekistonga tashrif buyuradi

Siyosat 27.03.2018, 22:09
Vladimir Putin kuzda O`zbekistonga tashrif buyuradi

Prezident «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Prezidenti Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuqori sur`at bilan rivojlanib, izchil mustahkamlanayotganini alohida ta`kidladi.

So`nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik aniq amaliy mazmun bilan boyigani qayd etildi. O`zaro savdo hajmi ortib bormoqda, muhim sarmoyaviy loyihalar bajarilyapti, ishbilarmon doiralar va mintaqalar o`rtasidagi kooperasiya aloqalari kuchaymoqda. Ta`lim, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar almashinuvga oid yangi dasturlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning kuzida kutilayotgan Rossiya Federasiyasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonlari ko`rib chiqildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilindi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1