1

Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisi boshlandi

Siyosat 29.03.2018, 10:27
Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisi boshlandi

Bugun, 2018 yil 29 mart kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi N.Yo`ldoshev ochdi.

Majlis kun tartibiga 20 masala kiritilgan. Shundan 13 tasi qonun bo`lib, ular orasida yangi tahrirdagi “Davlat mukofotlari to`g`risida”, “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”, “Davlat xaridlari to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida”, yangi tahrirdagi “O`rmon to`g`risida”gi va boshqa qonunlar bor.

Ikki kun davomida senatorlar qonunlardan tashqari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman), Markaziy bankning 2017 yildagi faoliyatiga doir hisobotini eshitadi.

Shuningdek, Adliya vazirining 2017 yilda huquqiy targ`ibot va ma`rifatning holati haqidagi axboroti muhokama qilinadi. Prezidentning ayrim farmonlarini tasdiqlash, Oliy sud tarkibiga o`zgartirishlar kiritish, to`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish hamda Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash to`g`risidagi masalalar ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1