1

O`zbekiston Mudofaa vaziri Belarus Respublikasi harbiy delegasiyasini kutib oldi

Siyosat 29.03.2018, 11:06
O`zbekiston Mudofaa vaziri Belarus Respublikasi harbiy delegasiyasini kutib oldi

27 mart kuni O`zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytetant Andrey Ravkov boshchiligidagi harbiy delegasiya keldi.

28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Belorussiya harbiy delegasiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O`zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish borasida fikrlar almashildi.

Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri O`zbekiston xalqini o`tgan Navro`z – Umumxalq bayrami bilan chin dildan muborakbod etib, mamlakatlarimiz o`rtasida harbiy sohada hamkorlik yo`nalishlarida o`sish sur`atlari ortib borayotganini alohida ta`kidladi. Shuningdek, uchrashuvda mamlakatlararo har tomonlama va ko`p rejali hamkorlikni rivojlantirishda katta yutuqlar qo`lga kiritilgani aytib o`tildi.

Jumladan, qisqa vaqt davomida harbiy hamkorlikning huquqiy-me`yoriy bazasini kengaytirish borasida salmoqli ishlash qilindi: O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Belarus Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy akademiyasi o`rtasida hamkorlik Memorandumi tuzildi (2017 yil 20 iyulda, Minsk shahrida), 2018 yilda ikki davlat mudofaa vazirliklari o`rtasida Harbiy hamkorlik rejasi imzolanib, uning doirasida tadbirlar amalga oshirilyapti.

Suhbat davomida mehmon davlat tomonidan O`zbekiston harbiy xizmatchilarining maxsus qo`shinlar o`rtasida Belorussiyada muntazam o`tkazib kelinayotgan «Doblest i masterstvo» musobaqasida ishtirok etishiga taklif bildirildi.

Uchrashuv so`ngida O`zbekiston va Belorussiya mudofaa vazirliklari o`rtasida harbiy sohada hamkorlik bo`yicha Bitim imzolandi.

Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni etishtirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shu kuni Belorus Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytetant Andrey Ravkovni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov qabul qildi.

Shuningdek Belorussiya delegasiyasi poytaxtimizdagi Motamsaro ona monumentiga gulchambarlar qo`yib, bir qator muzey ekspozisiyalari bilan tanishishdi.

29 mart kuni Belorussiya harbiy delegasiyasi Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish uchun yo`lga chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1