Madaniyat vazirligi hamda UNESCO xalqaro tashkiloti shafeligida Xalqaro djaz musiqasi kunlari o`tkaziladi

Madaniyat 30.03.2018, 14:20
Madaniyat vazirligi hamda UNESCO xalqaro tashkiloti shafeligida Xalqaro djaz musiqasi kunlari o`tkaziladi

Madaniyat vazirligi joriy yilning aprel oyida Toshkent shahri, Buxoro, Samarqand, Farg`ona viloyatlari markazlarida Xalqaro djaz kunlari o`tkaziladi. Bir qator davlatlardan tashrif buyuradigan ijodiy jamoalar tomoshabinlarga konsert tomoshalari bilan birgalikda mahorat darslarini namoyish etishadi.

Xalqaro djaz kunlarini o`tkazish uchun tashrif buyuradigan ijodiy jamoalarning tomonidan o`tkaziladigan konsert tomoshalarini ro`yxati:

AQSh- The U.S. Air Forces Central Command Band, Toshkent shaxri “Turkiston” san`at saroyida 1 aprel kuni soat 19:00da;

Mahorat darsi (master klass) O`zbekiston Davlat konservatoriyasida 2 aprel kuni soat 11:00da;

Konsert dasturi va mahorat darsi (master klass) Samarkand shaxri, Samarkand san`at kollejida 3 aprel kuni soat 12:00da;

Konsert dasturi va mahorat darsi (master klass), Buxoro shaxar San`at kollejida 5 aprel kuni soat 14:00da

Mahorat darsi (master klass) R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik liseyida 6-7 aprel kunlari soat 12:00da.

Chexiya-Vit Benes, jazz guitarist, Mahorat darsi (master klass) O`zbekiston Davlat konservatoriyasida 5 aprel kuni soat 15:00 va 6 aprel kuni soat 19:00da;

Mahorat darsi (master klass), V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik liseyi 7 aprel kuni soat 11:00da;

Shveysariya - Djaz guruxi, konsert dasturi, O`zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida 10 aprel kuni soat 19:00da;mahorat darsi (master klass) 11,12 aprel soat 12:00da;

Turkiya – Djaz guruhi, mahorat darsi (master klass) O`zbekiston davlat konservatoriyasi 13 aprel kuni soat 12:00 va 13 aprel kuni soat 19:00;

AQSh - Gina Chavez Band, konsert dasturi va mahorat darsi (master klass) Farg`ona shaxri, Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida 15 aprel kuni soat 18:00da;

Kirg`iziston - Big bend, konsert dasturi O`zbekiston davlat konservatoriyasi 16 aprel kuni soat 19:00;

Polsha - Grzegorz Kamas Formula konsert dasturi va mahorat darsi (master klass) Farg`ona shaxri, Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida 18 aprel kuni soat 18:00da;

Konsert dasturi va mahorat darsi (master klass) Samarkand shaxri, Samarkand san`at kollejida 23 aprel kuni soat 14:00da;

Konsert dasturi va mahorat darsi (master klass), Buxoro shaxar San`at kollejida 25 aprel kuni soat 14:00da;

Mahorat darsi (master klass) O`zbekiston davlat konservatoriyasi 27 aprel kuni soat 19:00da va konsert dasturi 21-26 aprel kunlari soat 19:00da;

Vengriya - Barna PELY (singer, pianist, guitarist), konsert dasturi O`zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali 23 aprel kuni soat 19:00da; konsert dasturi Toshkent shahri Ilxom teatrida 24 aprel kuni soat 18:30da;

Isroil - Djaz guruhi, mahorat darsi (master klass) O`zbekiston davlat konservatoriyasi 25-26-27 aprel kunlari soat 12:00da

Slovakiya - Peter Ulicny (violin). Gabriel Jonas (pianist), konsert dasturi, O`zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida 27-28 aprel kunlari soat 19:00da;

Belarus - Djaz guruhi, (vaqti va joyi qo`shimcha ravishda taqdim etiladi);

Indoneziya- Djaz guruhi, konsert dasturi Toshkent shahri (vaqti va joyi qo`shimcha ravishda taqdim etiladi);

O`zbekiston - O`zbekiston orkestrlari birlashmasi va bopsha djaz guruxlar, Mahorat darsi (master klass), V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik liseyi 24 aprel kuni soat 11:00da;

O`zbekiston -B.Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri, O`zbekiston davlat konservatoriyasi (vaqti va joyi qo`shimcha ravishda taqdim etiladi).

Barcha guruhlar ishtirokida Xalqaro djaz kunlarining yopilish marosimi Toshkent shaxri “Turkiston” san`at saroyida 30 aprel kuni soat 19:00da o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1