AsosiySport

Yurtimizda Xokkey federasiyasi ochildi

'Yurtimizda Xokkey federasiyasi ochildi'ning rasmi

Joriy yilning 28 martida Adliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Xokkey federasiyasini davlat ro`yxatidan o`tkazdi.

Endilikda mazkur tashkilot xokkey bo`yicha sport tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish, xokkey bo`yicha O`zbekiston sport terma jamoalarini tuzish va tayyorlashda ishtirok etish, ularni xalqaro sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlash bo`yicha tadbirlarni ta`minlashga ko`maklashish bilan shug`ullanadi.

Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida ma`lumot berildi.

    Boshqa yangiliklar