AsosiySiyosat

O`zbekiston va Mo`g`uliston o`rtasida memorandum imzolandi

'O`zbekiston va Mo`g`uliston o`rtasida memorandum imzolandi'ning rasmi

Toshkentda O`zbekiston va Mo`g`uliston o`rtasidagi do`stlik aloqalarini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Xalq so`zi”.

Unda Mo`g`uliston do`stlik jamiyatlari Kengashi raisi, fazogir Jugderdemidiyn Gurragcha ishtirok etib, o`zaro an`anaviy madaniyat kunlarini o`tkazish aloqalarni ravnaq toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidlagan.

Muloqot ishtirokchilari O`zbekiston va Mo`g`uliston o`rtasidagi do`stlik munosabatlari va madaniy-ma`rifiy aloqalarni rivojlantirish, tinch va farovon hayotni ta`minlashda “xalq diplomatiyasi” muhim ahamiyat kasb etishini alohida e`tirof etdilar.

Yakunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi hamda Mo`g`uliston do`stlik jamiyatlari Kengashi o`rtasida o`zaro hamkorlik qilish bo`yicha memorandum imzolandi.

    Boshqa yangiliklar