AsosiySport

Superliga. Bugun Qarshida murosasiz bahsga guvoh bo`lamiz

'Superliga. Bugun Qarshida murosasiz bahsga guvoh bo`lamiz'ning rasmi

Kuni kecha Superliganing 4-turiga start berildi. Bugun Qarshidagi “Markaziy” stadionida “Nasaf” klubi “Metallurg”ni mehmon qiladi. Bu haqda UFF xabar bermoqda.

Qarshida o`tkazilgan o`yinlardagi yaqqol ustunlik mezbonlar tomonida bo`lsada, bu jihat ularga hotirjamlik taqdim etmasligi aniq. Bekobodliklar yangi mavsumni ko`tarinki ruhda boshlashdi va ikkinchi turda amaldagi chempiondan ochko tortib olishga muvaffaq bo`lishdi.

O`z navbatida “Nasaf” o`z muxlislari qarshisida katta kuchga aylanishi ham hech birimizga sir emas.

O`zaro o`yinlar tarixiga keladigan bo`lsak, ushbu jamoalar shu kungacha O`zbekiston oliy divizionida 40 martta to`qnash kelganlar. Shularning 26tasida “Nasaf”ning qo`li baland kelgan bo`lsa, 10tasida “Metallurg” g`alabaga erishgan va 4ta o`yinda murosa yo`li tanlangan.

Qarshida o`tgan o`yinlarda esa yaqqol ustunlik mezbonlar tomonida: “Nasaf” shu kungacha o`z madonida faqat bir marotaba (2015 yilda) Toshkent viloyati vakiliga yutqazib qo`ygan va bir marta durang o`ynagan, qolgan 18tasida esa raqibiga imkon qoldirmagan.

O`zbekiston Superligasi-2018. 4-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Metallurg” (Bekobod)

30.03.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Gaynulin (Toshkent), Andrey Sapenko (Toshkent)
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullaev.

    Boshqa yangiliklar