1

Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida 8ta qonun ma`qullandi

Siyosat 31.03.2018, 07:52
Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida 8ta qonun  ma`qullandi

2018 yil 29-30 mart kunlari bo`lib o`tgan Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida quyidagi qonunlar ma`qullandi:

— Davlat mukofotlari to`g`risida (yangi tahriri);

— Jamoatchilik nazorati to`g`risida;

— Davlat xaridlari to`g`risida;

— O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida;

— O`rmon to`g`risida (yangi tahriri);

— O`zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risida;

— Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida;

— O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida.

Ma`qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e`lon qilingach rasmiy kuchga ega bo`ladi.

Bundan tashqari To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risidagi Senat qarori qabul qilindi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri 2017 yilda huquqiy targ`ibot va ma`rifatning holati haqidagi axborotini taqdim etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ma`qullangan va qabul qilingan hujjatlar haqida qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1