AsosiySport

Messining chaqqonligi Ronalduning qarorini o`zgartirib yubordi

'Messining chaqqonligi Ronalduning qarorini o`zgartirib yubordi'ning rasmi

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaga qarashli Ibisa orolidan mehmonxona sotib oldi, deb yozadi O`FF.

Argentinalik futbolchi Ibisa orolining Figueretas sohilida joylashgan Hotel Es Vive’ni xarid qilish uchun 29,5 million evro mablag` sarflagan.

Mehmonxona 52 xonali bo`lib, barcha qulayliklarga ega lyuks hovuzi ham bor. 4 yulduzli mehmonxonaning oddiy xonasida yashash kuniga 226 evroga tushadi. Bundan tashqari mehmonxonaning lyuks xonalarda yashash uchun 600 evro to`lashingiz kerak.

Qiziqarlisi, Messining oroldagi mehmonxonaga egalik qilishni boshlashi “Real” futbolchisi Krishtianu Ronalduning qaroridan qaytardi.

Chunki Ronaldu ham Ibisadan mehmonxona sotib olishni rejalashtirib yurgandi. Portugaliyalik hujumchi o`z vatanidagi Lissabon va Madeyrada joylashgan ikkita mehmonxona xo`jayini hisoblanadi.

Aytishlaricha, Messi yana mehmonxona sotib olishda davom etadi. Leo bu borada endi Madrid, Nyu-York va Marokashda ham tadbirkorligini yo`lga qo`ymoqchi.

    Boshqa yangiliklar