AsosiySiyosat

Minskda O`zbekiston elchixonasi ochiladi

'Minskda O`zbekiston elchixonasi ochiladi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarusning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qildi.

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo`lib o`tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo`lajak O`zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog`liq mavzular ko`rib chiqildi.

Tomonlar shuningdek, Minsk shahrida O`zbekiston elchixonasi faoliyat boshlashining amaliy jihatlarini muhokama qildi.

    Boshqa yangiliklar