AsosiySport

JCh tarixida birinchi marta o`zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

'JCh tarixida birinchi marta o`zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi'ning rasmi

Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o`zbekistonlik mutaxassis — O`zbekiston futbol assosiasiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCh-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan. Bu haqda O`FA rasmiy sayti xabar beradi.

Xabarda ta`kidlanishicha, shu paytga qadar nafaqat O`zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan.

Avvalroq, FIFAning JCh-2018da ishlaydigan hakamlar ro`yxatida Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar borligi xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar