1

Xalqaro migrasiya tashkiloti rahbari O`zbekistonga tashrif buyurdi

Siyosat 02.04.2018, 15:48
Xalqaro migrasiya tashkiloti rahbari O`zbekistonga tashrif buyurdi

2018-yilning 2-aprel kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) Bosh direktori Vilyam Leysi Sving boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Ayni paytda O`zbekiston XMTga a`zo emas. Mazkur tashkilot vazifasiga migrasiya masalalarini hal qilishda ko`maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi.

TIVda bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston va XMT o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

O`zbekiston tashkilot faoliyatida to`laqonli a`zo sifatida qatnashish imkoniyatini ko`rib chiqayotganligi XMT delegasiyasiga ma`lum qilindi. Shu nuqtai nazarda o`zaro munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

XMT delegasiyasining O`zbekistonga tashrifi dasturidan O`zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hukumati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ichki ishlar vazirliklari hamda bosh prokuraturada uchrashuvlar o`tkazish o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1