AsosiySport

Gimnastikachilarimiz Qozog`istonda 9 medalni qo`lga kiritdi

'Gimnastikachilarimiz Qozog`istonda 9 medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Qozog`istonda badiiy gimnastika bo`yicha "Navruz Cup" xalqaro turniri bo`lib o`tdi.

Musobaqada turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 170 nafarga yaqin yosh gimnastikachilar ishtirok etishdi. Ular orasida o`zbekistonlik iqtidor sohibalari ham bor. Hamyurtlarimiz ichida Vazira Yuldasheva, Yasmina Xen, Mishel Nesterova, Evelina Atalyans hamda Madina Rustamovalar o`z yo`nalishlarida g`oliblikni qo`lga kiritdilar.

Lola Jo`raeva va Laziza Mirzakarimovalar kumush medal, Asal Otaboeva va Aleksiya Kiselyovalar bronza medallariga sazovor bo`ldilar.

Eslatib o`tamiz, bir necha kun oldin kattalar o`rtasidagi Jahon kubogi bahslarida gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva 57 nafar ishtirokchi orasida beshinchi o`rinni egallagandi.


    Boshqa yangiliklar