1

Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida hokimlar o`zgardi

Siyosat 05.04.2018, 11:28
Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida hokimlar o`zgardi

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bosh vazir raisligida Jizzax shahri, Baxmal, Do`stlik, Paxtakor, Zarbdor va Zafarobod tumanlarida xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ularda tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi.

Jizzax shahri hokimi Akrom Rahmonqulov o`rniga Akbar Shukurov, Baxmal tumani hokimi Bahriddin Safarov o`rniga Musa Anarboev, Do`stlik tumani hokimi Ibrohim Qarshiboev o`rniga Ulug`bek Uzoqov, Paxtakor tumani hokimi Narzulla Qo`shboqov o`rniga Shukurullo Boboev, Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Anqaev o`rniga Narzulla Qo`shboqov, Zafarobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Ziyadin Sayidov o`rniga Ibrohim Qarshiboev hokim etib tayinlandi.

Shuningdek, Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida o`tkazilgan yig`ilishda viloyat hokimi o`rinbosarlari tarkibiga ham o`zgartirishlar kiritildi.

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Alisher Xudayberdiev o`rniga G`anisher Mamatqulov, viloyat hokimini o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Gulnora To`raeva o`rniga Nazira Muxtorova, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Jo`raev o`rniga Akrom Rahmonqulov viloyat hokimi o`rinbosarlari etib tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1