1

Marg`ilonda drama teatr ish boshladi (foto)

Madaniyat 06.04.2018, 14:52
Marg`ilonda drama teatr ish boshladi (foto)

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida ish boshlagan drama teatrining binosi foydalanishga topshirildi.

Teatr binosining ochilishi katta shodiyonaga aylandi, deb yozadi O`zA. O`zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq artisti Yo.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda milliy teatr san`atini rivojlantirish, san`atimizning mumtoz an`analarini asrab-avaylash, yangi sahna asarlari yaratish masalalariga qaratilayotgan alohida e`tibor yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

4.JPG

6.jpg

Farg`ona viloyatida ham teatrlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi uch yilda Farg`ona shahrida Teatr-konsert saroyi, viloyat qo`g`irchoq teatri qurildi, viloyat rus drama teatri hamda Qo`qon shahar musiqali drama teatri binolari rekonstruksiya qilindi. "Maqom maktabi" va "Askiya maktabi" tashkil etildi.

Marg`ilon shahri azaldan madaniyat va san`at maskani sifatida ham dovrug` qozongan. Bu erdan Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usmon qiziq, Tamaraxonim, Mukarramaxonim, Sattor buva, Madali hofiz, Jo`raxon Sultonov, Ma`murjon Uzoqov, Madaminjon Yusupov kabi san`atkorlar etishib chiqqan. Drama teatrining tashkil etilishi esa, yangi-yangi asarlar yaratilishiga xizmat qiladi.

8.JPG

10.JPG

Mazkur drama teatri binosi san`at ixlosmandlari, teatr fidoyilari, keng jamoatchilik uchun o`ziga xos tuhfa bo`ldi. 200 o`rinli tomosha zalida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Viloyat musiqali drama teatri va rus drama teatri ijodkorlari spektakllardan parchalar namoyish etdi.

Tadbirda Farg`ona viloyati hokimi Sh.G`aniev so`zga chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1