1

Sergey Lebedev “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Siyosat 08.04.2018, 18:13
Sergey Lebedev “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig`iga ko`ra 2018 yilning 6 aprel kuni Minsk shahrida bo`lib o`tgan MDH ishtirokchi-davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi davomida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hamdo`stlik davlatlari tashqi siyosat idoralari delegasiyalari rahbarlari va a`zolari hozirligida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevga “Do`stlik” ordenini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini o`qib berdi va Sergey Lebedevga ko`p tomonlama samarali aloqalar, MDH doirasida do`stona va yaqin qo`shnichilikka asoslangan davlatlararo munosabatlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ko`p tomonlama loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtiroki, shuningdek, Hamdo`stlik hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashdagi ko`p yillik shaxsiy hissasi uchun yuqori davlat mukofotini topshirdi.

O`z navbatida Sergey Lebedev MDH Ijroiya qo`mitasi Raisi – Ijrochi kotibi lavozimidagi faoliyatiga yuqori baho bergani uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga o`zining samimiy va chuqur minnatdorligini etkazishni so`radi va o`zi tug`ilib o`sgan mamlakati – O`zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan birini olish uning uchun alohida ahamiyat kasb etishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1