Marokashning Rabot shahrida karate bo`yicha nufuzli "Premier League" musobaqasi yakuniga etdi.
Bungacha mazkur turnirda ishtirok etayotgan ikki nafar sportchimiz hal qiluvchi final janglariga yo`l olganliklari haqida xabar qilgandik. Bugun Sadriddin Saymatov va Dostonbek Otabolaevlar final janglarini o`tkazdilar.
-60kg vazn toifasida bahs olib borgan Sadriddin Saymatov hal qiluvchi jangda turkiyalik Aykut Kayaga qarshi kurash olib bordi va g`alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.
-75kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dostonbek Otabolaev esa hal qiluvchi bellashuvda ozarbayjonlik Rafael Agaevga qarshi bahs yuritdi va imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Shu tariqa vakillarimiz Marokashdan oltin va kumush medal bilan qaytadigan bo`ldilar.






