Bugun Tunisning Hammamed shahrida taekvondo bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempionati boshlandi. Dunyo birinchiligida jahonning 156ta mamlakatidan 1000dan ziyod sportchi ishtirok etadi. Ular qatorida o`zbekistonlik yosh taekvondochilar ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:
O`smirlar:
-45 kg: Amir To`raev
-48 kg: Begzod Ibragimov
-51 kg: Ulug`bek Rashidov
-55 kg: Shahzod Jo`raev
-59 kg: Danil Morozov
-63 kg: Jasur Jaysunov
-68 kg: Diyor Tuxliboev
-73 kg: Abdulaziz Hamidullaev
Qizlar:
-44 kg: Intizor Abduhalimova
-46 kg: Madinabonu Mannopova
-49 kg: Aziz Shamsieva
-52 kg: Ozoda Sobirjonova
-55 kg: Durdona Abdulhaeva
-63 kg: Feruza Sodiqova
Murabbiylar: Sobir Nazaraliev va Jasur Boykuziev.
Eslatib o`tamiz, bundan bir necha kun oldin Hammamedning o`zida III o`smirlar Olimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi lisenzion musobaqa tashkil qilingandi. Unda -48kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ulug`bek Rashidov oltin medalni qo`lga kiritib, Argentinada bo`lib o`tadigan Olimpiya o`yinlarga yo`llanmani qo`lga kiritgandi.






