1

O`zbekiston yana Tojikistonga gaz eksport qila boshladi

Siyosat 09.04.2018, 14:31
O`zbekiston yana Tojikistonga gaz eksport qila boshladi

O`zbekiston Tojikistonga gaz eksport qilishni boshladi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar bermoqda.

Prezidentimizning 2018 yil mart oyida Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog`ida ushbu qo`shni mamlakatga tabiiy gaz eksport qilish bo`yicha shartnoma imzolangan edi. Unga ko`ra, joriy yilda umumiy qiymati 15,1 million AQSh dollariga teng bo`lgan qariyb 126 million kub metr gaz etkazib berish nazarda tutilgan.

O`zbekiston 2012 yil Tojikistonga gaz uzatishni to`xtatib qo`ygan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1