1

O`zbekiston va Qirg`iziston bosh vazirlari chegarada qirg`izistonlik fuqaro o`limi hodisasini muhokama qilishdi

Siyosat 09.04.2018, 17:48
O`zbekiston va Qirg`iziston bosh vazirlari chegarada qirg`izistonlik fuqaro o`limi hodisasini muhokama qilishdi

8 aprel kuni O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qirg`izistonlik hamkasbi Sapar Isakov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, hukumat rahbarlari 7 aprel kuni o`zbek–qirg`iz chegarasida Qirg`iziston fuqarosining (1984 y.t) o`limi bilan yakunlangan hodisani muhokama qildi.

Tomonlar 9 aprel kuni ikki davlat chegara xizmatlari rahbarlari va boshqa tegishli idoralar vakillari ishtirokida uchrashuv o`tkazishga kelishib oldi. Hamkorlikdagi ishchi guruh hodisa yuzasidan tekshiruv o`tkazib, uning natijalarini yaqin vaqt ichida ma`lum qiladi.

7 aprel kuni xorijiy internet-nashrlarda Qirg`iziston Davlat chegara xizmatiga asoslanib, O`zbekiston chegarachilari Qirg`iziston hududida turgan erkakka qarata o`q uzgani haqida xabar tarqatdi. Hodisa Qirg`izistonning Jalolobod viloyati Kerbent shahri yaqinida yuz bergan. Natijada Qirg`iziston fuqarosi shifoxonada vafot etgan.

Ma`ulmotlarga ko`ra, Qirg`iziston fuqarosiga o`q uzilganida, u O`zbekiston hududida bo`lgan. U avval ogohlantirilgan, so`ng osmonga qarata o`q otilgan, shundan keyin ham u bo`ysunmagach, unga o`q uzilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1