1

​"Eng yaxshi investision loyiha" nominasiyasida O`zbekiston g`olib bo`ldi

Siyosat 10.04.2018, 09:48
​"Eng yaxshi investision loyiha" nominasiyasida O`zbekiston g`olib bo`ldi

"Eng yaxshi investision loyiha" nominasiyasida O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi g`olib bo`ldi, deb xabar qildi O`zbekiston Prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov o`zining Facebook’dagi sahifasida.

"2018 yil 9 aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida an`anaviy Annual Investment Meeting (AIM) xalqaro investisiyaviy forumi doirasida "AIM 2018 Investment awards" mukofotlarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

2017 yilda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya mintaqasidagi eng yaxshi investision loyiha" nominasiyasida O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi g`olib bo`ldi. Bu Prezidentimizning investisiyaviy muhitni yaxshilash borasidagi islohotlarining xalqaro e`tirofi va bahosidir. Barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman va yangi muvaffaqiyatlar tilayman!", — deb yozadi Komil Allamjonov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1