8 aprel kuni Tailand davlatining Chaingmay shahrida shaxmat bo`yicha 8,10,12,14,16 va 18 yoshgacha o`smirlar o`rtasida blis yo`nalishi bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tdi.
Chempionat 9 turdan iboratdan bo`lib, shvesarcha tizimda, 3+2 vaqt nazorati bo`yicha tashkil etildi. Musobaka yakunlariga qo`ra, 12 yoshgacha qizlar o`rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Umida Omonova 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg`arib, Osiyo chempionatining oltin medalini qo`lga kiritdi.
Shuningdek, Abdimalik Abdisalimov 16 yoshgacha bo`lgan o`g`il bolalar o`rtasida rapid yo`nalishida Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo`ldi.
Bugun musobaqa standart yo`nalishining so`nggi turi start oldi. Unda Umida hamda Abdimalik Abdisalimovlar Osiyo chempionati medallarini qo`lga kiritish uchun yuqori imkoniyatga ega.






