1

O`zbekiston saylov o`tkazish sifati bo`yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o`rinda

Siyosat 10.04.2018, 16:35
O`zbekiston saylov o`tkazish sifati bo`yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o`rinda

Bu haqida Sidney(Avstraliya) va Garvard(AQSh) universiteti tomonidan asos solingan PEI “Saylovchilar qadriyatlari” loyihasi ma`ruzasida aytib o`tildi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

Mazkur ma`ruzada 164 ta davlat nomi qayd etildi. Unda Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha Qirg`iziston 53 PEI(saylovchilar birdamligini tushunish) indeksi bilan birinchi, Qozog`iston 45 PEI indeksi bilan ikkinchi, O`zbekistan 38 PEI indeksi bilan uchinchi o`rindan joy oldi. Tojikiston(36) va Turkmaniston(34) keyingi pog`onalarga kiritildi.

Bu galgi ma`ruza (“PEI—6.0.”)ni tuzishda 2012 yilning 1 iyulidan 2017 yilning 31 dekabrigacha o`tkazilgan 285 ta milliy parlament va prezident saylovlari inobatga olindi.

Ro`yxatda etakchi o`rinlarda Daniya, Finlyandiya, Norvegiya e`tirof etilgan bo`lsa, so`nggi pog`onalardan Efiopiya, Ekvatorial Gvineya, Suriya, Burundi joy oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1