Olimpiada chempioni, bugungi kunda AQShda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Fazliddin G`oibnazarovning navbatdagi raqibi ma`lum bo`ldi, deb xabar "Olamsport" nashri.
Fazliddin 12 may kuni meksikalik Jezus Silveyraga qarshi jang qiladi.
Ma`lumot uchun, meksikalik bokschi professional faoliyati davomida 15ta jang o`tkazgan va ularning 8tasida g`alaba qozongan (3tasi nokaut). Beshta jangda esa u mag`lbiyatga uchragan. Ikkita to`qnashuvda u raqiblarga imkoniyatni boy bergan. Fazliddin esa professional ringda uchta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan (1ta nokaut).
Eslatib o`tamiz, jang 12 may (Toshkent vaqti bilan 13 mayga tongda) kuni Nyu-Yorkdagi mashhur "Madison Square Garden"da bo`lib o`tadi.






