1

O`zbekiston va Turkmaniston TIV xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi

Siyosat 10.04.2018, 17:30
O`zbekiston va Turkmaniston TIV xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi

9—10 aprel kunlari Ashxobod shahrida O`zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Abdujabbor Abduvaxitov boshchiligidagi delegasiya va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Turkmaniston tashqi siyosat idorasi rahbari o`rinbosari Vepa Xajiev tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilindi.

Suhbatda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O`zbekistonga bo`lajak davlat tashrifi dasturi va kun tartibi loyihalari muhokamasiga asosiy e`tibor qaratildi.

Muzokaralarda oliy darajadagi bo`lajak O`zbekiston—Turkmaniston uchrashuviga har ikki mamlakatda ham puxta tayyorgarlik ko`rilayotganligi va ushbu uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarda muhim voqealik bo`lishi, ikki mamlakat va xalqlar o`rtasidagi do`stlik rishtalarini sifat jihatdan yangi pog`onaga ko`tarishi ta`kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda O`zbekiston va Turkmaniston delegasiyalari ko`p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1