O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yig`ilish o`tkazildi. Bu haqida uyushmaning matbuot xizmati xabar berdi...
Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali lavozimdan ozod etilgani e`lon qilindi. Uning o`rniga rais o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O`zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid yangi rais sifatida tanishtirildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid shu kungacha “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritib kelardi.
Shuningdek, yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatida bo`lim boshlig`i vazifasida ishlayotgan Minhojiddin Mirzo Sirojiddin Sayyid o`rniga raisning birinchi o`rinbosari etib tasdiqlandi. Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari Iqbol Mirzo ham vazifasidan olinib, o`rniga “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, shoir Nodir Jonuzoq tayinlandi.






