AsosiySport

Bugun Chempionalar ligasi va Evropa ligasi musobaqasiga qur`a tashlanadi

'Bugun Chempionalar ligasi va Evropa ligasi musobaqasiga qur`a tashlanadi 'ning rasmi

Xabaringiz bor UEFAning Chempionlar ligasi va Evropa ligasida chorak final o`yinlari yakunlanib, yarim finalga chiqqan jamoalar nomi aniqlandi.

Chempionlar ligasining ushbu bosqichiga yo`l olgan “Liverpul”, “Real”, “Bavariya” va “Roma” jamoalari musobaqaning so`nggi hal qiluvchi finaliga chiqish uchun kurashni davom ettiradigan bo`ldi. Evropa ligasida esa "Arsenal", "Atletiko", "Red Bull" va "Marsel" klublari yarim finalga chiqdi.

Bugun ushbu ikki nufuzli musobaqaning yarim final bosqichiga qur`a tashlash marosimi o`tkaziladi. Mazkur tadbirlar Toshkent vaqti bilan 15:00 va 17:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar