Braziliyada futbol bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan Kot-d’Ivuar terma jamoasi kecha guruh bosqichidagi 2-tur uchrashuvini o`tkazdi.
Uchrashuv oldida mamlakat madhiyasi yangragan payt terma jamoa yarim himoyachisi Sere Di ko`ziga yosh olgan edi.
Sports.ru nashrining xabar qilishicha, futbolchi uchrashuv boshlanishiga ikki soat qolganida otasining o`limi haqidagi xabarni eshitgan va shunga qaramay u maydonga tushishga qaror qilgan.
Ammo, u Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuv oldidan madhiya yangragan vaqtda ko`z yoshlarini yashira olmadi.
Afsuski, o`yinning 70 daqiqasida aynan uning xatosidan so`ng, kolumliyaliklar ikkinchi to`pni kiritishdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Sere Di jamoasining mag`lubiyati bilan yakunlandi.