1

Ekspert izohi: Yaqin kelajakda O`zbekistonda dollar bahosi keskin pasayadimi?

Iqtisodiyot 16.04.2018, 15:58
Ekspert izohi: Yaqin kelajakda O`zbekistonda dollar bahosi keskin pasayadimi?

Dollarning bahosi bir tushib yana ko`tarilishidan kimdir xavotirlansa, boshqa birov quvonishi tabiiy hol. Xo`sh, valyuta kursining “borib-kelishi”ni ya`ni pasayishi yoki ko`tarilishini bashorat qilish mumkinmi? Bunga ta`sir ko`rsatadigan tashqi va ichki omillar nimadan iborat?

Bu savollarga ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov oydinlik kiritdi:

– Har bir davlatning o`z milliy valyutasi mavjud bo`lib, avvalgi davrlarda uning vazifasini (ekvivalentini) oltin bajargani hammaga ayon. Shu bois, bu haqda iqtisodchilar davlatning oltini qancha ko`p bo`lsa, u shunchalik badavlat degan fikrni ilgari so`rishadi.

Biroq, bugungi kunga kelib, oltinning o`rnini Amerika dollari va evro egallamoqda. Shuning uchun bugungi kunda dunyo aholisi barcha xalqaro iqtisodiy munosabatlarning etaloni sifati dollar yoki evroni qabul qilmoqda. Demak, valyutalarning kursi ham uning “kayfiyatiga” qarab o`zgarmoqda. Valyuta kursi ko`p hollarda o`z milliy valyutasi bor davlatning siyosatiga va “jahon xo`jaligi”dagi moliyaviy ahvolga bog`langan bo`ladi.

Shu bois aytish mumkinki, valyuta – bu xalqaro valyuta bozoriga chiqarilgan “birja tovari” bo`lib, unga “talab” va “taklif” qonuniyatlari o`z ta`sirini o`tkazadi.

Valyuta kursining “borib-kelishi”ni ya`ni pasayishi yoki ko`tarilishini bashorat qilish murakkab bo`lsa-da, bunga ta`sir ko`rsatadigan tashqi va ichki omillarni hisobga olish kerak bo`ladi. Xo`sh, valyuta bozorining boshqa bozorlardan eng muhim farqi nimada? Bu bozorda yagona to`lov vositasining o`zi yo`q!

Bu bozordagi savdoni “sotib olish” (xarid qilish) tarzida emas, balki bir valyutaning ikkinchi valyutaga ayirboshlash jarayoni sifatida tushunish kerak. Eng qizig`i – valyutaning tushishi yoki ko`tarilishi boshqa valyutalarga qarab belgilanadi. Buning bir necha ko`rsatkichlari bor:

o`z valyutasini muomalaga chiqargan davlatning tashqi savdo balansiga va siyosiy vaziyatga qarab;

shu davlatning yaqin istiqboldagi sarmoyaviy salohiyatiga ya`ni xorijiy valyutalarda katta kontraktlarning mavjudligi yoki yo`qligi;

bu davlat fuqarolarining va xorijiy sarmoyadorlarning davlatga bo`lgan ishonchiga qarab belgilanadi.

Keling, bu omillarga izoh beramiz. Misol uchun, mamlakatga valyutaning kelib tushishi shu erdagi jahon bozoriga tovarlar chiqarayotgan va xizmatlar ko`rsatayotgan eksportyorlarning faoliyatiga bog`liq. Ular ishlab chiqarish zarurati uchun shu davlat milliy VALYuTASINI SOTIB OLADI VA ShU TARIQA XORIJIY VALYuTAGA BO`LGAN TALABNI ShAKLLANTIRA boshlaydi. Demakki, mamlakat eksport salohiyati qanchalik yuqori bo`lsa, tashqi savdo balansi QANChALIK MUSBAT (+) bo`lsa, milliy valyuta kursi ShUNChALIK BALAND bo`ladi yoki buning aksi kuzatiladi.

Valyuta kursiga ta`sir ko`rsatuvchi omillardan yana biri bu importchi kompaniyalarning milliy valyutaga bo`lgan taklifidir. Shuning uchun ham import qanchalik ko`p bo`lsa, milliy valyuta bo`yicha taklif ham shunchalik ko`p. Shu tariqa MILLIY VALYuTA KURSI PASAYGANI yoki O`SGANINI payqaymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1