1

Abdulaziz Komilov EXHTning kam sonli millatlar ishlari bo`yicha Oliy komissarini qabul qildi

Siyosat 16.04.2018, 16:10
Abdulaziz Komilov EXHTning kam sonli millatlar ishlari bo`yicha Oliy komissarini qabul qildi

Bugun, 16 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining kam sonli millatlar ishlari bo`yicha Oliy komissari Lamberto Zanerni qabul qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat boshida L.Zaner Farg`ona va Namangan viloyatlariga tashrifi, xususan mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar, shuningdek, qirg`iz, rus, tojik va boshqa madaniyat markazlaridagi uchrashuvlari to`g`risida so`zlab berdi.

Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuv davomida EXHT vakili mamlakatimizda olib borilayotgan barcha sohalardagi o`zgarishlar, O`zbekiston Hukumatining mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlarini yuqori baholadi.

Qayd etilganidek, O`zbekiston millatlararo birdamlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, turli millat va elatlar vakillari o`rtasida do`stlik rishtalarini mustahkamlashga alohida e`tibor qaratadi.

Tashrif dasturiga ko`ra, EXHT Oliy komissari O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi, madaniyat markazlari va boshqa idoralarda uchrashuv va muzokaralar o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1