Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 2-tur uchrashuvlarini yakunlashdi.
Kecha Rossiya Belgiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi va guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. Deyarli tengma-teng kechgan uchrashuvning 88 daqiqasida Origi hisobni ochdi.
“H” guruhidagi yana bir uchrashuv Janubiy Koreya hamda Jazoir terma jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`ldi. Ushbu uchrashuvda jamoalar 6 ta to`p kiritishdi. Ulardan to`rttasini afrika vakillari koreys futbolchilari darvozasiga joylashdi - 4:2.
Yana bir uchrashuv “G” guruhida vakillari o`rtasida bo`lib o`tdi. Portugaliya terma jamoasi ikkinchi turda ham g`alabaga erisha olmadi. AQSh qarshi kechgan uchrashuvning so`nggi daqiqasida Varela kiritgan to`p portugaliyaliklarga bir ochkoni taqdim etdi.
Bugundan start oladigan uchinchi tur uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi. 21:00 da “B” guruhi vakillari Gollandiya-Chili, Ispaniya-Avstraliya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tadi. 01:00 da esa “A” guruhi uchrashuvlari:Braziliya-Kamerun, Xorvatiya-Meksika uchrashuvlari bo`lib o`tadi.