O`tgan haftada “Formula-1” bo`yicha etti kara jahon chempioni Mixael Shumaxer yarim yillik komadan chiqib reabilitasion klinikaga o`tkazilgandi. Day.Az ning xabar berishicha Grenobledagi shifoxonadan Shumaxerning kasallik tarixi sirli ravishda g`oyib bo`lgan.
Ba`zi Evropa OAVi ushbu xujjatlarni taxminan 50 ming evroga sotib olishlari mumkinligi haqidagi takliflarni olishgan.
Shumaxerning menejeri Sabina Kem ommaviy axborot vositasi vakillarini ushbu ma`lumotlarni sotib olish haqidagi takliflarga rad javobini berishlarini va jahon chempionini davolash borasidagi ma`lumotlarni chop etmaslikka chaqirgan.





