Italiya JChni tark etdi va boshqa natijalar (VIDEO)

Sport 25.06.2014, 10:14
Italiya JChni tark etdi va boshqa natijalar (VIDEO)

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 3-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.

Jahon chempionatida Evropa mamlakatlari soni tobora kamayib bormoqda. Kecha ushbu qit`a vakili Italiya musobaqani tark etdi. Ular uchinchi turda Urugvay terma jamoasiga imkoniyatni bosh berishdi – 0:1.

Shu guruhning ikkinchi uchrashuvi Angliya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`ldi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.

“S” guruhida ham pley-offga yo`l olgan jamoalar nomi ma`lum bo`ldi. Kolumbiya-Yaponiya uchrashuvida 4:1 hisobi qayd etildi va endi Kolumbiya nimchorak finalda Urugvay bilan bahs olib boradi.

 Kot-d'Ivuar terma jamoasini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan Gresiya esa Kosta-Rika bilan chorak finalga chiqish uchun bellashadi.

Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Nigeriya-Argentina, Bosniya-Eron, 01:00 da Gonduras-Shveysariya hamda Ekvador-Fransiya terma jamoalari uchrashuvlari bo`lib o`tadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1