1

Emomali Rahmon O`zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma`lum bo`ldi

Siyosat 19.04.2018, 14:24
Emomali Rahmon O`zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma`lum bo`ldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O`zbekistonga kuz fasli boshida rasmiy tashrif bilan keladi deb xabar berdi "Sputnik" nashri.

Manbaning aytishicha, Rahmonning tashrifi davomida Tojikiston va O`zbekiston o`rtasidagi bahsli chegara uchastkasi bo`yicha hal etilmay qolgan masala o`z echimini topadi.

"Tojikistonning So`g`d va O`zbekistonning Sirdaryo viloyatlari tutashgan chegaradagi mazkur uchastka bo`yicha Emomali Rahmonning kuz fasliboshida O`zbekistonga kutilayotgan tashrifi davomida rasman kelishib olinadi", — dedi u.

Tojikiston hukumatidagi manbaning aniqlik kiritishicha, mazkur chegara uchastkasida hech qanday inshoot yoki aholi punkti mavjud emas, u erdan chiqindixona sifatida foydalaniladi.

19 aprel kuni Tojikiston parlamenti O`zbekiston bilan tojik-o`zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari haqidagi shartnomani ratifikasiya qilishni rejalashtirgan. Mazkur hujjat O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning mart oyida Dushanbega amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1