1

Prezident sustkashlikka yo`l qo`yayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi

Siyosat 19.04.2018, 14:32
Prezident sustkashlikka yo`l qo`yayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoroga tashrifi chog`ida dastlab viloyat va tumanlar hokimlari, xo`jalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig`ilishda joriy yil 16-17 fevral kunlari davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Ma`lumki, o`shanda viloyat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etish, mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmini oshirish, sayyohlar oqimini ko`paytirish, qishloq xo`jaligini tarkibiy o`zgartirish, yangi uy-joylar, ijtimoiy ob`ektlar qurish bo`yicha ko`plab topshiriqlar berilgan edi. Buning uchun zarur mablag` va resurslar ajratildi.

Yig`ilishda mazkur yo`nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan darajada emasligi jiddiy tanqid qilindi. Muddatidan kechikayotgan yoki bajarilmayotgan loyihalar ko`rsatib o`tilib, buning sabablari muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoev belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo`l qo`yayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Barcha rejalar ijrosini o`z vaqtida va sifatli ta`minlash, «aravasini tortolmagan» rahbarlarga nisbatan qat`iy choralar ko`rish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1