1

O`zbekiston TIV delegasiyasi «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumi majlisida ishtirok etdi

Siyosat 20.04.2018, 12:23
O`zbekiston TIV delegasiyasi «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumi majlisida ishtirok etdi

19 aprel kuni O`zbekiston TIV delegasiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo`lib o`tgan «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumining Yuqori mansabdor shaxslari majlisida ishtirok etdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv doirasida forumning 2017—2018 yillardagi faoliyati natijalari va keyingi yil uchun asosiy yo`nalishlari muhokama qilindi, xavfsizlikni ta`minlash va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi, shuningdek, Afg`onistondagi holatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko`maklashish maqsadida ishtirokchi davlatlar o`rtasida ishonch choralarini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Forumda O`zbekiston tomoni boshqa delegasiyalar diqqatini O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya (2018 yil 26—27 mart, Toshkent shahri) davomida e`lon qilgan tashabbuslari va Toshkent deklarasiyasining asosiy qoidalariga qaratdi hamda boshqa ishirokchilar bilan ularni amaliy tadbiq etish bo`yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1