1

23 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi

Siyosat 20.04.2018, 15:42
23 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 23 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Davlat rahbarlari Ko`ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o`tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.

Prezidentlarning poytaxtimizdagi Maxtumquli ko`chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo`ljallangan.
Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal`a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1