AsosiySiyosat

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

'O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

Bugun, 20 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat davomida Prezidentlar O`zbekiston va Rossiya o`rtasida barcha sohalarda strategik sheriklik va hamkorlikni yanada kuchaytirish bo`yicha o`zaro fikr almashildi.

Shuningdek, 2018 yil 19 aprel kuni ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi — Markaziy Osiyodagi eng yirik komplekslardan biri ekani qayd etildi. Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi ishtirokida bunyod etilgan mazkur yuqori texnologik korxona O`zbekiston neft-gaz sanoatini yanada jadal rivojlanishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Suhbatda Prezidentlar yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvalini ham muhokama qilishdi.

    Boshqa yangiliklar