1

Sambochilarimiz dastlabki medallarni qo`lga kiritishdi

Sport 27.06.2014, 11:24
Sambochilarimiz dastlabki medallarni qo`lga kiritishdi

 Poytaxtimizdagi “O`zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan sambo bo`yicha kattalar, yoshlar, o`smirlar va xotin-qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining dastlabki g`olib va sovrindorlari aniqlandi, deya xabar beradi O`zA rasmiy sati.

Musobaqaning birinchi kunida sport ixlosmandlari kattalar o`rtasidagi qiziqarli bellashuvlarga guvoh bo`ldi.

Vazni 82 kilogrammgacha bo`lgan polvonlar o`rtasidagi final bahsida hamyurtimiz Farrux Jumaev qozog`istonlik Erjan Kabdelovni mag`lubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qo`lga kiritdi. O`z vazn toifasida Sardor Shovriqov, Eldor G`ulomov va Shirin Sharipov ham barcha raqiblari ustidan g`alaba qozonib, oltin medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, Shavkat Jo`raev kumush, Davlat Hamroev va Sherbek Ro`ziev bronza medal bilan taqdirlandi.

Qozog`istonlik Bolatbek Raimqulov, Alkey Asilbek, turkmanistonlik Karim Allanurov, tojikistonlik Xushqadam Xusravov va eronlik Amirhusayn Homidiyon birinchi o`rinni egalladi.

Xotin-qizlar o`rtasidagi vazni 60 kilogrammgacha bo`lgan sambochilar bellashuvida qatnashgan Gulnoza Ziyoeva finalda hindistonlik Vahishta Shivaxini engib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.

Hamyurtlarimizdan Nodira Gulova va Obida Allado`stova ham o`z vazn toifasida qit`ada tengsiz ekanini isbotladi. Malikabonu Mirzaeva, Shohista Safarova, Gulmira Ismatova, Oydinoy Botirova va Maftuna Esonova ikkinchi o`rinni egallagan bo`lsa, Shahlo Yo`ldoshevaga bronza medal nasib etdi.

Shuningdek, turkmanistonlik Gulbadan Bobomurodova, qozog`istonlik Nilufar Abilova, Farida Dosimbekova, Dildash Qurishboeva, Qaljon Taijonova va Aliya Jilqiboeva oltin medalni qo`lga kiritdi.

Osiyo chempionati davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1