AsosiySport

Paradzyudo. Sportchilarimiz Turkiyadagi Jaxon kubogida ettita medal qo`lga kiritdilar

'Paradzyudo. Sportchilarimiz Turkiyadagi Jaxon kubogida ettita medal qo`lga kiritdilar'ning rasmi

Paradzyudo bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Turkiyaning Antaliya shahrida bo`lib o`tgan Jaxon kubogida ettita medalga sazovor bo`lishdi.

Hamyurtlarimiz ushbu musobaqada bitta oltin, beshta kumush va bitta bronza medali sohibiga aylandilar.

Erkaklar o`rtasida bo`lib o`tgan bahslarda Rio 2016 Paralimpiya o`yinlari g`olibi Sherzod Namozov (-60 kg) oltin, shuningdek, Shirin Sharipov (+100 kg), Feruz Sayidov (-73 kg), Nurbek Mirzaev (-81 kg) kumush va O`tkir Nig`matov(-66 kg)lar bronza medal sohiblariga aylanishdi. Ayollar o`rtasidagi bellashuvlarda Feruzaxon Yusupova (+70 kg) kumush, Sevinch Salaeva (-52 kg) esa bronza medali bilan kifoyalandi. Terma jamoamiz Jahon kubogi yakunlariga ko`ra umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egalladi.

MOQ ma`lumotiga ko`ra, ushbu nufuzli musobaqada jahonning 35 mamlakatdan 224 nafar sportchi ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar