AsosiySport

Braziliyalik qariya JCh final uchrashuviga 64 yillik chipta bilan kiradi

85 yoshli braziliyalik qariya 64 yil avval harid qilingan final chiptasi bilan joriy yilning 13 iyul kuni “Marakana” stadionida bo`lib o`tadigan JCh final uchrashuviga kiradi. 

Braziliya 1950 yili JChni qabul qilgan edi. O`shanda Joedir Belmont final uchrashuvi chiptasini qo`lga kiritgan baxtli futbol muxlislaridan biri bo`lgan. Ammo, u onasining betobligi sababli uyda qolgan va final uchrashuvini o`tkazib yuborgan edi. 

Ushbu voqeani u FIFA rahbariyatiga yo`llagan xatiga kiritdi. Shuningdek, Belmont chiptani federasiya muzeyiga topshirishni taklif qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” agentligi xabar bermoqda.  

Bu voqea esa tashkilot vakillarini befarq qoldirmadi. Ular juma kuni 1950 yilgi final  chiptasini joriy yilgi finalning 3 ta chiptasiga almashtirib berishdi. 

64 yil avvalgi finalda Braziliya Urugvay terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi.  Belmont bu yili uning sevimli Braziliya terma jamoasi g`alaba qozonishidan umid qilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar