Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari nimchorak final uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.
Jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri bo`lgan Germaniya terma jamoasi nimchorak finalda qiyinchilik bilan Jazoir terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo`shimcha bo`limlarda esa Germaniya terma jamoasi raqib darvozasiga ikkita to`p kiritdi. 120 daqiqada esa jazoirliklar bitta gol bilan javob berishdi - 2:1.
Chorak finalda Germaniya Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Fransiya terma jamoasi nimchorak finalda Nigeriyani 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Argentina-Shveysariya, 01:00 da Belgiya-AQSh terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tadi.





