1

Qarshida «Qatag`on qurbonlari xotirasi» muzeyi tashkil etiladi

Jamiyat 02.05.2018, 11:15
Qarshida «Qatag`on qurbonlari xotirasi» muzeyi tashkil etiladi

Qarshi davlat universiteti tuzilmasida Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta`lim muassasalari tuzilmasida Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori doirasida Qarshi davlat universiteti tuzilmasida muzey tashkil etilmoqda. Muzey Qarshi shahridagi Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohida joylashadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tegishli ko`rsatmalari bilan respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan ushbu muzeylarda «Sovet davlati qatag`on siyosatining boshlanishi (1926–1936)», 1937–1938 yillardagi «Katta qirg`in» oqibatlari, «1940–1950 yillarda O`zbekiston janubida amalga oshirilgan siyosiy qatag`onlar», «1980 yillardagi qatag`on. «Paxta ishi» kampaniyasi» o`z aksini topadi. O`z navbatida, shu zamin, shu yurt tinchligi uchun jonlarini ayamay kurashgan vatandoshlarimiz nomi abadiylashtiriladi.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda Qarshi davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilayotgan ushbu muzeyga sho`ro hukumati davrida qatag`onga uchragan yurtdoshlarimizning fotosuratlari va ular haqida ma`lumotlar (tarjimai hol, hujjatlari) hamda buyumlar qabul qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1