Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar echimi haqida

SUG'DIYONA 06.05.2018, 19:14
Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar echimi haqida

Farzandingiz yolg`on gapiryaptimi?

Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!

Farzandingiz o`ziga ishonmayaptimi?

Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!

Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?

Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!

Farzandingiz o`g`rilik qilyaptimi?

Demak, siz unga sovg`a-salom bermayotgan ekansiz!

Farzandingiz qo`rqoqmi?

Demak, siz uni ko`p himoya qilarkansiz!

Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?

Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!

Farzandingiz doim qovog`i osilganmi?

Demak, siz uni maqtamas ekansiz!

Farzandingiz qizg`anchiqmi?

Demak, siz u bilan o`zaro hamkorlik qilmas ekansiz!

Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?

Demak, siz unga nisbatan qo`pol munosabatda bo`larkansiz!

Farzandingiz zaifmi?

Demak, siz unga ko`p do`q-po`pisa qilar ekansiz!

Farzandingiz sizni qizg`anyaptimi?

Demak, siz unga nisbatan bee`tibor ekansiz!

Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?

Demak, siz uni bag`ringizga bosib, yuzlaridan o`pmas ekansiz!

Farzandingiz sizga bo`ysunmayaptimi?

Demak, siz undan ko`p narsa talab qilarkansiz!

Farzandingiz odamovi bo`lib qolganmi?

Demak, siz o`zingiz bilan o`zingiz ovora ekansiz!

"Baxtli hayot sari" kitobidan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1