AsosiyHi-tech

iPhone 6 keyingi yil sotuvga chiqadi

AQShning Apple kompaniyasi  iPhone 6 smartfonining ekrani 4,7 dyumli modelini joriy yili sotuvga chiqaradi, ekrani 5,5 dyumli modeli esa keyingi yildagina savdo rastalarida paydo bo`lishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, kompaniya katta ekranli modeli uchun korpus va ekranlar ishlab chiqarishi bilan muammoga duch kelgan.

Nashrning yozishicha, muammo 4,7 dyumli ekranlar ishlab chiqarilishida kuzatilgan. Ekran yon tomonlari sensorli sezuvchanligi yuqori darajada bo`lmagan. Shu tufayli 5,5 dyumli ekranlarning ishlab chiqarilishi kechikishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, iyun oyi boshida tayvanlik aktyor va xonanda Jimmi Lin Wiebo ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida iPhone 6 smartfoni suratini joylagan.

O`tgan yili Jimmi Lin hali taqdim etilmagan iPhone 5s smartfoni suratini taqdim etgan edi. Shu sababli u chop etgan surat boshqa anonim manbalarning xabarlaridan  ko`ra ishonchliroq ekani aytilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar