AsosiyHi-tech

UZ milliy domeni internet festivali boshlandi

Mamlakatimizda UZ milliy domenining navbatdagi internet festivali boshlandi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi, “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi va “InfoCOM.UZ” jurnali tomonidan tashkil etilgan. Ushbu internet festivali joriy yil 15-iyulidan 22-sentyabrga qadar bo`lib o`tadi. Festivalda ishtirok etish uchun uning www.if.uz rasmiy saytida taqdim etilgan ro`yxatdan o`tishning maxsus shaklini to`ldirish, arizalarni esa shu yilning 1-sentyabrigacha topshirish zarur.

Festivalning tanlov dasturidan 10 mavzuga oid va ikki maxsus nominasiya o`rin olgan. Dasturga mavzuga oid har 10 nominasiya ishtirokchilari uchun WWW.UZ  milliy qidiruv tizimidan maxsus mukofotlar kiritilgan. Mavzuga oid har bir nominasiya ishtirokchilari orasidan eng ko`p xost to`plagan 10 sayt g`olib bo`ladi, shuningdek, festivalning besh sovrindori aniqlanadi. Har bir nominasiya bo`yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o`rinni egallagan g`oliblar diplom hamda mukofotlar bilan taqdirlanadi. Joriy yilda festival doirasida mamlakatimiz dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan eng yaxshi mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardagi hamjamiyatlar sahifalari ham taqdirlanadi. Festival yakunlari “InfoCOM – 2014” axborot texnologiyalari haftaligining dastlabki kunida sarhisob qilinadi.

    Boshqa yangiliklar