Samsung kompaniyasining Galaxy S5 flagmen smartfoni Apple’ning iPhone 5s smartfoniga nisbatan kam sotilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi Counterpoint analitik kompaniyasi hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
Counterpoint ma`lumotlariga ko`ra, 2014 yil may oyida Galaxy S5 5 mln dona sotilgan. Ushbu davr oralig`ida esa Apple kompaniyasi iPhone 5s smartfonidan 7 mln dona sotgan. iPhone 5s o`tgan yilning oktyabr oyidan beri sotilishi inbatga olinsa, unga bo`lgan talab yuqori darajada saqlanib turibdi.
Endi Samsung kompaniyasi metalldan ishlab chiqarilgan Galaxy F smartfoni bilan Galaxy brendini kuchaytirish niyatida.
Eslatib o`tamiz, Apple kompaniyasi iPhone 6 smartfonining ekrani 4,7 dyumli modelini joriy yili sotuvga chiqaradi, ekrani 5,5 dyumli modeli esa keyingi yildagina savdo rastalarida paydo bo`lishi mumkin.





