1

O`zbekiston saytlariga hujum qilgan xakerlar guruhi o`z faoliyatlarini yakunlashdi

Hi-tech 17.07.2014, 15:48
O`zbekiston saytlariga hujum qilgan xakerlar guruhi o`z faoliyatlarini yakunlashdi

2 yil davomida O`zbekiston va xorijiy saytlarga hujum qilib  kelgan “Clone Securty” xakerlar guruhi o`z faoliyatini yakunlashdi, deya yozadi iLike.uz sayti. Ularning tvitterdagi so`nggi xabarlari 16 aprel kuni qoldirilgan.

“Guruh o'z harakatini to'xtatdi. Gruppa prekratila sushestvovanie. RIP @clonesecurity | 2011-2014”,-deyiladi o`zbek xakerlar guruhi tomonidan qoldirilgan so`nggi xabarda.

 Ushbu xakerlar guruhi O`zbekiston va Qirg`iziston saytlariga qator hujumlar uyushtirgan. Ular orasida MTRK, PFL rasmiy saytlarini ko`rsatib o`tish mumkin.

Shuningdek, O`FF, PFLning tvitterdagi rasmiy sahifalari ham ushbu guruh tomonidan o`zlashtirib olingan edi.

Bundan tashqari, bir qator futbol xabarlarni yorituvchi saytlar ham ushbu guruh hujumiga uchragan. Ular saytlarda asosan maynaboz xarakterga ega xabarlar qoldirishgan. Masalan: “Paxtakor” klubi “Barselona” bilan kuch sinashgani va 895:1 hisobida mag`lubiyatga uchragani haqida. 

iLike.uz sayti ushbu guruh vakillarini  o`z mahoratlarini to`g`ri yo`lda ishlatishga qaror qilishganligini taxmin qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1